» » Uels futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoani mamlakat afsonalaridan biri Rayan Giggzga ishonib topshirdi

Uels futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoani mamlakat afsonalaridan biri Rayan Giggzga ishonib topshirdi


“Manchester Yunayted”dagi faoliyati orqali jahon futboli yulduziga aylangan Rayan Giggz Uels terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti ma’lumot tarqatdi.

Giggz Uels terma jamoasi bilan 4 yillik kelishuvga imzo chekkan. Unga ko‘ra, 44 yoshli mutaxassis uelsliklar bilan Yevropa Chempionati saralashida ishtirok etadi va jamoasini Qatar—2022 mundiali uchun tayyorlab boradi.

Uels terma jamoasini 2012-yildan buyon Kris Koulman boshqarib kelayotgandi. Uning rahbarligida uelsliklar Yevro—2016 da muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yarim finalga qadar yetib bordi. Biroq JCh—2018 saralashida Uelsdan omad yuz o‘girdi. Guruhni Serbiya peshqadam sifatida yakunladi, ikkinchi bo‘lish Irlandiyaga nasib qildi. Uels esa 4 ta g‘alaba, 5 ta durang va birgina mag‘lubiyat bilan Rossiya mundialidan chetda qoldi.

“Yunayted” asosiy tarkibiga 1990-yilda qabul qilinib, 2014-yilga qadar “mankunianlar” bilan birga bo‘lgan Giggz jami 672 ta uchrashuvda ishtirok etgan va 114 ta gol urishga erishgan. Uels termasidagi 64 ta o‘yinida esa 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Giggz termaga ilk bor 1991-yilda jalb etilgandi. 2007-yilga kelib esa u bosh jamoa bilan xayrlashishga qaror qilgan. Murabbiy sifatida esa asosan yordamchi bo‘lib kelayotgandi. Uels bu borada uning uchun ilk jiddiy topshiriq bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют