» » Osiyo Chempionati U23. Chorak finalda O‘zbekistonga Yaponiya duch kelgani yaxshimi yoki KXDR?

Osiyo Chempionati U23. Chorak finalda O‘zbekistonga Yaponiya duch kelgani yaxshimi yoki KXDR?


23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida chorak finalga yo‘l olgan O‘zbekiston termasi navbatdagi raqibini bugun — 16-yanvar kuni bilib oladi.

Reglamentga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar yarim final yo‘lida “B” guruhini peshqadam sifatida yakunlagan termaga qarshi saf tortishi kerak. Ayni vaqtda bu zonada yaponiyalik futbolchilar 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 2-o‘rinda borayotgan KXDR hisobida esa 4 ochko mavjud.

Toshkent vaqti bilan 13:00 da ikki prinsipial raqib — KXDR va Yaponiya o‘zaro maydonga chiqadi. Mazkur bellashuv Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoaning bo‘lajak raqibi nomiga oydinlik kiritib berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Musobaqani Qatardan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlab, keyingi ikki o‘yinda zafar quchgan O‘zbekiston termasining chorak finaldagi o‘yini 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют