» » Milliy xavfsizlik xizmati harbiy poligon qurilishi bilan bog‘liq firibgarlikning oldini oldi

Milliy xavfsizlik xizmati harbiy poligon qurilishi bilan bog‘liq firibgarlikning oldini oldi


O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tezkor xodimlari Harbiy prokuratura va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida harbiy poligon qurilishi bilan bog‘liq tenderda yordam berish uchun pul talab qilgan firibgarni qo‘lga oldi. Bu haqda MXX vakili “Daryo”ga xabar berdi.

1974-yili Toshkent viloyatining Piskent shahrida tug‘ilgan va ayni vaqtda Olmaliq shahrida yashovchi, “Kompozit arsenal stroy” MChJ rahbari O‘tkir Abdunaimov pudratchi tashkilotlardan birining bosh direktoridan firibgarlik yo‘li bilan xorijiy valyutada yirik miqdorda pul olishga harakat qilgan.

U Samarqand viloyatida umumiy qiymati 42,5 milliard so‘mni tashkil etadigan harbiy poligonni qurish bo‘yicha o‘tkaziladigan tenderda yutib chiqishda go‘yoki yordam berish evaziga 50 ming AQSh dollari so‘ragan.

Aytish joizki, bu O‘.Abdunaimov bilan bog‘liq birinchi qonunbuzarlik emas. Xususan, 2016-yilning oktabr oyida u yuqorida tilga olingan pudratchi tashkilot bosh direktorining qarindoshlaridan birini aldashi oqibatida, direktorning qarindoshi Sirdaryo viloyatida yo‘l qurilishi jarayonida o‘z ishchilaridan 50 million so‘m qarz bo‘lib qolgan.

Yangi ToshMI atrofida firibgar 20 ming AQSh dollarini avans sifatida olayotgan vaqtda ushlandi.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan O‘tkir Abdunaimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 211 (Pora berish)-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют