» » Chevrolet Bolt AQShda 2017-yilning eng yaxshi avtomobili deb e’tirof etildi

Chevrolet Bolt AQShda 2017-yilning eng yaxshi avtomobili deb e’tirof etildi


Detroytdagi motorshouda “Shimoliy Amerikada yilning eng yaxshi yengil avtomobili va yo‘ltanlamasi” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi, deb yozadi “Motor”.

Yengil mashinalar kategoriyasida birinchi o‘rinni Honda Accord sedani egalladi, eng yaxshi krossover sifatida Volvo XC60 tan olindi, katta yo‘ltanlamaslar orasida esa birinchilik Lincoln Navigator’ga nasib qildi.

Yengil avtomobillar yo‘nalishida g‘oliblikka Accord bilan bir qatorda Toyota Camry va Kia Stinger ham da’vogarlik qildi. “Yilning eng yaxshi krossoveri yoki miniveni” yo‘nalishida birinchi o‘rin uchun Volvo modeli bilan birgalikda Alfa Romeo Stelvio va Honda Odyssey kurash olib bordi.

2016-yilda krossoverlar ichida boshqa Volvo modeli — XC90 g‘olib bo‘lgan edi. Bungacha yo‘ltanlamas tanlovda 2003-yilda yutib chiqqan edi.

“Yil yo‘ltanlamasi yoki pikapi” yo‘nalishida finalchilar orasida Navigator’dan tashqari Ford Expedition va Chevrolet Colorado ZR2 ham bor edi.

AQShda 2017-yilning eng yaxshi avtomobillari deb Chevrolet Bolt, Honda Ridgeline va Chrysler Pacifica e’tirof etildi. Chevrolet Bolt ixcham elektrokari “Shimoliy Amerikada yilning eng yaxshi yengil avtomobili, yo‘ltanlamasi va utilitar mashinasi” tanlovida g‘olib bo‘ldi. U ballar soni bo‘yicha Genesis G90 va Volvo S90 flagman sedanlarini ortda qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют