» » HTC U11 EYEs rasman taqdim etildi: qimmat turadigan arzon smartfon

HTC U11 EYEs rasman taqdim etildi: qimmat turadigan arzon smartfon


HTC kompaniyasining U11 lineykasidagi to‘rtinchi model Tayvanda taqdim etildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Qariyb ikki yildan buyon mavjud bo‘lib kelayotgan Snapdragon 652 chipiga qurilgan smartfon hech qanday qiziqarli va novatorlik yechimlarini taklif qilmaydi.

Kuchsiz chip 4 Gb tezkor xotira va 3930 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan uyg‘unlashgan. Bunday akkumulyator U11+ da ham bor, HTC U11 EYEs esa zaif protsessor hisobiga u bilan uzoqroq vaqt ishlashi mumkin.

Modellar o‘rtasidagi o‘xshashlik shu bilan cheklanib qolmagan. U11 EYEs 6 dyuymli ekranga ega bo‘ldi, ammo unda piksellar (2160?1080) U11+ dagidan (2560?1440) kamroq. Ustiga-ustak, U11 EYEs’da yana bir ancha eski texnologiya — Super LCD 3 qo‘llanilgan. Ammo smartfonda selfi uchun qo‘sh kamera (5+5 megapiksel) mavjud.

U11, U11+ va U11 Life’da bo‘lgani kabi, yangi qurilmaga Edge Sense (“siqiluvchi rom”) va USonic (faol shovqin bosuvchili yaxshilangan tovush), shuningdek, suv va changdan himoya o‘rnatildi. Barmoq izi skaneri orqa panelga joylashdi.

Bundan tashqari, smartfon 64 Gb doimiy xotira (+microSD), 12 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ldi. U Edge Sense qobiqli Android 7 Nougat opratsion tizimida ishlaydi.

Smartfonning 64 Gb ichki xotirali versiyasi 505 dollar turadi. Hozircha model faqat Xitoy bozori uchun chiqariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют