» » “Paxtakor”dan ketgan Sherzod Karimov va Serbiyadan kelgan Xusniddin G‘ofurov “Lokomotiv” bilan shartnoma tuzdi

“Paxtakor”dan ketgan Sherzod Karimov va Serbiyadan kelgan Xusniddin G‘ofurov “Lokomotiv” bilan shartnoma tuzdi


Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi yana ikki nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi: Sherzod Karimov va Xusniddin G‘ofurov.

Xusniddin G‘ofurov 2013-yildan buyon Serbiya chempionatida to‘p surib kelayotgandi. U Serbiyaga “NBU-Osiyo” klubidan ketgan. Avvaliga “Yavor”, keyin esa “Mladost” jamoalarida to‘p tepgan.

“Lokomotiv” G‘ofurov bilan ikki yillik bitim tuzdi. Farg‘onalik 23 yoshli hujumkor yarim himoyachi yangi klubi safida 19-raqamda harakat qiladi.

Shuningdek, “Paxtakor” bilan xayrlashgan Sherzod Karimov ham “Lokomotiv”dan qo‘nim topdi. “Temiryo‘lchilar” unga 8-raqamni bergan. Karimov Oliy Ligada 178 ta uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lib, 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют