WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Qodirov Litvaning “Magnitskiy ro‘yxati”ga kirdi
Qodirov Litvaning “Magnitskiy ro‘yxati”ga kirdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Litvaning “Magnitskiy ro‘yxati” turidagi ro‘yxatiga kirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Mamlakatga kirishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxati Litva migratsiya departamenti saytida e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, kirish uchun taqiq muddati har safar yakka tartibda belgilanadi, bunda muayyan ish bilan bog‘liq holatlar hisobga olinadi.
Qodirovning matbuot kotibi Alvi Karimov Litva hukumati qarorini Checheniston rahbarining “e’tiboriga arzimaydigan quruq gap” deb atadi.
“Uzoq vaqtlardan buyon ushbu mamlakatning Ramzan Qodirov tomonidan o‘g‘irlab ketilishini orzu qilib kelgan Litva hukumatining dilini siyoh qilmoqchiman. Litva uni qiziqtirgan mamlakatlar ro‘yxatiga hech qachon kirmagan va kirmaydi ham”, — dedi u.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?