» » AQShda 13 farzandini qamoqda saqlagan er-xotin qo‘lga olindi

AQShda 13 farzandini qamoqda saqlagan er-xotin qo‘lga olindi


AQShning Kaliforniya shtati Perris shahrida ikki yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 13 farzandini qamoqda saqlab kelgan er-xotin qo‘lga olindi, deb yozadi “TASS”.

14-yanvar, yakshanba kuni politsiya uchastkasiga 17 yoshli qiz qo‘ng‘iroq qilib, ota-onasi o‘z uyida uni va yana 12 nafar opa-singil, aka-ukalarini kuch bilan ushlab turganini, ularning ba’zilari zanjirband qilinganini aytgan. Qiz qamoqdan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar qorong‘ilikda va iflos sharoitda saqlanayotgan 12 kishini aniqladi. Ularning ota-onasi, 57 yoshli Devid Allen Terpin va 49 yoshli Luiz Anna Terpin bolalariga nima sababdan bunday munosabatda bo‘lganini tushuntirib bera olmadi.

Bolalarning besh nafari voyaga yetmagan, yetti nafari esa 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan. Ularning barchasi oziq-ovqat yetishmasligidan ozib-to‘zib ketgan edi, ular kasalxonalarga jo‘natildi.

Er-xotin Terpinlar hibsga olindi, ularga bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yuvchi qiynoqlar va xatti-harakatlarni qo‘llash ayblovlari ilgari surildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют