» » AQSh o‘z fuqarolariga KXDRga ketishdan oldin dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rishni maslahat bermoqda

AQSh o‘z fuqarolariga KXDRga ketishdan oldin dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rishni maslahat bermoqda


AQSh Davlat departamenti rasmiy saytida amerikaliklarni Shimoliy Koreyaga safarlar xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Muassasa AQSh fuqarolarini hibsga olinish xavfi yuqori bo‘lgani tufayli, KXDRga safar qilishdan tiyilishga chaqirmoqda. Bundan tashqari, diplomatlar eslatishicha, amerikaliklar Shimoliy Koreyaga Davlat departamentining maxsus ruxsatnomasisiz bora olmaydi.

Ta’kidlanishicha, AQSh KXDRga yetib kelgan amerikaliklarga shoshilinch yordam ko‘rsata olmaydi, chunki tomonlar diplomatik va konsullik aloqalariga ega emas.

Davlat departamenti Shimoliy Koreyaga borish uchun maxsus ruxsatnoma olgan fuqarolar uchun qator tavsiyalar tayyorlab qo‘ydi. Diplomatlar mamlakatdan hamma ham qaytib kela olmasligi haqida ogohlantirmoqda, shu sababli, ular vasiyatnoma yozish, qarindoshlar bilan bolalar uchun vasiylik imkoniyatini muhokama qilish, shuningdek, dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rishni maslahat bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют