» » Jizzaxda “zaxiraga olingan” yerni 12 million evaziga qaytarib olib berishni va’da qilgan “hojatbaror” firibgar qo‘lga olindi

Jizzaxda “zaxiraga olingan” yerni 12 million evaziga qaytarib olib berishni va’da qilgan “hojatbaror” firibgar qo‘lga olindi


Jizzaxda tuman hokimi qarori bilan zaxiraga olingan yerni o‘zining avvalgi egasiga qaytarib berishni va’da qilib, 12 million so‘m olgan firibgar qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zA.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Muhriddin Zuhriddin” fermer xo‘jaligi rahbari To‘lqin Xudoynazarovdan “tuman hokimi qarori bilan zaxiraga olingan 24 gektar yeringni yana o‘zingga qaytarib olib beraman”, deb 12 million so‘m olgan firibgar kimligi aniqlandi. Bu “hojatbaror” shu tumandagi Qulpisar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi O‘rozboy Eshmirzayev bo‘lib chiqdi.

Ushbu holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют