» » Fotogalereya: Noyob teri rangiga ega odamlar

Fotogalereya: Noyob teri rangiga ega odamlar


AdMe o‘zi terisining rangi bilan jahon hamjamiyati e’tiboriga tushgan odamlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Konni Chiu

Gonkongda tug‘ilgan Konni Chiu oilada albinizm bilan dunyoga kelgan yagona farzand. Keyinchalik Konni va uning oilasi Shvetsiyaga ko‘chib o‘tgan. Qizaloq bu yerda o‘sib-ulg‘ayib, gumanitar fanlar bilan birga jurnalistikani o‘rgangan. 24 yoshida modellik karyerasini boshlagan va hozirda jaz qo‘shiqchisi hisoblanadi.

Nikiya Feniks

Amerikalik model Nikiya Feniks o‘zining qora rangli terisi, tabiiy sochlari, butun tanasini qoplagan sepkillari bilan ajralib turadi. Feniks Coca-Cola va Target reklama kompaniyalarining asosiy yuziga aylangan.

Stiven Tompson

Amerikalik Stiven Tompson hech qachon model bo‘lishni o‘ylamagan. Biroq taqdir uni bir suratkashga yo‘liqtirgan va Tompsonning suratlari jurnallarda paydo bo‘lgan. 2011-yilda Stiven Givenchy modalar uyining yuziga aylangan.

Vinni Xarlou

Vinnining noodatiy tashqi ko‘rinishi Tayra Benksning e’tiboriga tushgan va u Vinnini “Amerikacha top-model” shousida qatnashishga taklif etgan. Vinni ushbu shouda 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Hozirda u Desigual brendining yuzi hisoblanadi.

Ava Klark

Ava Klark — afroamerikalik albinos. Yorqin sochlar, havorang ko‘zlar va pushtirang lablarga ega qizaloq Vogue, Denim hamda VIP kabi jurnallarning sahifalarini bezashga ulgurgan.

Anastasiya Jidkova

Dunyodagi eng chiroyli albinos qiz deya e’tirof etiluvchi Nastya Jidkova 1996-yili Rossiyada tug‘ilgan. Nastya nafaqat model, balki yaxshi qo‘shiqchi ham hisoblanadi.

Lola Chuil

Los-Anjelesda istiqomat qiladigan Lola maktabda o‘qiydi va 8 ta tilda so‘zlasha oladi. Qizaloqning Instagram’dagi obunachilari soni 462 mingdan ortiq bo‘lib, ular Lolani Naomi Kempbellga qiyoslashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют