» » AQSh Suriya kurdlariga maxfiy ravishda qurol yetkazib bergani ma’lum bo‘ldi

AQSh Suriya kurdlariga maxfiy ravishda qurol yetkazib bergani ma’lum bo‘ldi


Suriyada IShIDga qarshi kurashayotgan kurd otryadlari AQShdan ko‘chma zenit raketalari komplekslarini olgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Al-Masdar nashriga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “maxfiy kelishuv” doirasida suriyalik kurdlar istiqomat qiladigan Afrin tumaniga komplekslarni yetkazib bergan.

Bu o‘tgan haftada amalga oshirilgani bildirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh Suriya chegarasida tuzayotgan otryadlarni yo‘q qilishga va’da bergandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют