» » Rossiyada is gazidan zaharlanib halok bo‘lganlar jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiyada is gazidan zaharlanib halok bo‘lganlar jasadi O‘zbekistonga olib kelindi


Rossiyada is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Avvlaroq, 2018-yilning 11-yanvar kuni Rossiyaning Ryazan viloyatidagi uyda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi is gazidan zaharlangani, ularning 4 nafari vafot etgan va bir nafari og‘ir ahvolda Ryajsk rayonining markaziy kasalxonasiga yotqizilgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning jasadlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan O‘zbekistonga olib kelindi.

Vafot etganlarning jasadlari 3 bosqichda: 13-yanvardan 15-yanvargacha “Moskva — Andijon”, “Moskva — Termiz” va “Moskva — Buxoro” reyslari bo‘yicha amalga oshirildi.

FVV, IIV, prokratura, Tez tibbiy yordam va mahalliy hokimiyat kuch va vositalari bilan hamkorlikda vafot etgan fuqarolarning jasadlari doimiy yashash joylariga olib borilib (Andijon viloyatining Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlariga, Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga, Navoiy viloyatining Navbahor tumaniga) dafn etildi.

Joylardagi mahalliy davlat orgalari tomonidan dafn etish marosimini o‘tkazishda yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi is gazidan jabrlanib, Ryajsk shahri markaziy shifoxonasida yotgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosiga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilishini o‘z nazoratiga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют