» » Boysundagi Omonxona bulog‘ining siri nimada?

Boysundagi Omonxona bulog‘ining siri nimada?


Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Omonxona bulog‘i shifobaxshligi bilan allaqachon mashhur bo‘lib ulgurgan. Bu suvning o‘t pufagi, jigar va boshqa ichki organlarni yuvib, darddan forig‘ etishda zamonaviy tibbiyotda qo‘llaniladigan gemodezdan bir necha barobar afzalligi aniqlangan, deya xabar beradi O‘zA.

Mutaxassislarning fikricha, tog‘ bag‘ridan sizib chiqayotgan buloq suvi tarkibida kremniy kislotasi, temir, alyumin kabi inson organizmi uchun ko‘plab foydali elementlar mavjud.

So‘lim go‘shadagi obihayotdan samarali foydalanish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bu yerda zamonaviy shifoxona barpo etdi. Har yili so‘lim maskanda minglab odam salomatligini tiklamoqda.

Odamlarga shifo ulashayotgan tog‘ bag‘rida tabiatning yana bir tilsimi — g‘aroyib g‘or ham bor. Buloqdan uncha uzoq bo‘lmagan balandlikda joylashgan ushbu g‘orni mahalliy aholi “Omonxona sovutgichi”, deb ataydi. G‘or tuynugidan odam tanasi biroz siqilib o‘tadi.

Uch metrcha chuqurlikdagi g‘or ichkarisi keng, xuddi xonani eslatadi. Shu yerlik odamlarning aytishicha, yer qismi mayda tog‘ toshlaridan iborat bu xona yoz chillasida 5-6, qishda 20 darajagacha iliq bo‘ladi. Shu bois, ko‘p asrlardan buyon tevarak-atrof odamlari sariyog‘ni shu g‘orda saqlashga odatlangan.

Mabodo, yoz chillasida salqin va bahavo g‘orga tushilsa, ko‘ngil sust ketib, mahalliy aholi tomonidan qo‘yilgan sariyog‘dan bir chimdim bo‘lsa-da, olib chiqishga urinmaslik kerak. Aks holda, g‘or tuynugi kutilmaganda torayib, tashqariga chiqishga yo‘l qo‘ymasligi ehtimoldan xoli emas. Har qalay, omonxonaliklar o‘tmishdan qolgan bu rivoyatga hozir ham qat’iy amal qilib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют