» » Tangem O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi turizm elchisi bo‘ladi (video)

Tangem O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi turizm elchisi bo‘ladi (video)


Janubiy koreyalik taniqli aktrisa, o‘zbekistonliklarga “Saroy javohiri” serialidagi Tangem roli bilan tanilgan Li Yong E O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi turizm elchisi bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov va O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen ma’lum qildi.

Xalqaro press-klub va Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi hamkorligida “O‘zbek diplomatiyasining yangi voqe’ligi: Burch, mas’uliyat va vazifalar” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi; tadbir 15-yanvar kuni “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etildi.

Anjumanda so‘z olgan Turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan chet mamlakatlarda O‘zbekistonning turizm elchisi — Tourism brand Ambassador of Uzbekistan lavozimi joriy etilmoqda. Bu lavozimga chet ellik mashhur siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanadi.

Bitta misol keltirishimiz mumkin. Yurtboshimiz Janubiy Koreyada tashrif bilan bo‘lganlarida, “Saroy javohiri” serialining mashhur yulduzi (Tangem) bilan uchrashgan edi. Biz u bilan muzokaralarni yakunladik. U O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi turizm elchisi sifatida faoliyat olib borishiga kelishib oldik.

Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fenning ta’kidlashicha, turizm elchilari O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan chet ellik sayyohlar sonini oshirishga katta yordam beradi.

Tangemni O‘zbekistonda hamma ko‘rgan, xalq uni yaxshi ko‘radi. Serialda bosh rolni ijro etgan aktrisa juda mashhur. Biz uni turizm elchisi qilib tayinlayapmiz. U Koreyada O‘zbekistonga sayohatlarni targ‘ib etish bilan shug‘ullanadi. Biz shu turizm elchisi ko‘magida mamlakatimizga Janubiy Koreyadan keladigan sayyohlar sonini kamida 10 foizga ko‘paytiramiz. Umuman, Koreya bilan turizm sohasida hamkorlikni kengaytirib, turistlar sonini uch barobar ko‘paytiramiz.

Vitaliy Fen, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil noyabrida Janubiy Koreyaga tashrifi davomida “Saroy javohiri” serialida bosh rolni ijro etgan aktrisa Li Yong E bilan uchrashgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют