» » Oliy Majlisda Prezident murojaatnomasi mohiyatini xorijiy jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlisda Prezident murojaatnomasi mohiyatini xorijiy jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi


16-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Tadbir murojaatnomaning, shuningdek, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etildi. Aynan shu maqsadda tadbirga O‘zbekistonda akkredatsiyadan o‘tgan xorijiy OAV vakillari, shuningdek milliy ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etildi.

Brifingda Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamurotov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saidikrom Niyozxo‘jayev va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi  ijrochi direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  Akmal Burxonov nutq so‘zladi.

Tadbir davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev murojaatnomasining asosiy mazmuni va mohiyati muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari murojaatnoma va 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan O‘zbekistonni 2018-yilda rivojlantirish bo‘yicha dolzarb maqsad va vazifalar, shuningdek ushbu tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi  ijrochi direktori Akmal Burxonovning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga qisqa muddat ichida 4000 mingdan ziyod fikr-mulohaza va takliflar kelib tushdi. Bu 2017-yilgi Davlat dasturi muhokamasi paytidagiga nisbatan uch barobar ko‘p hisoblanadi. 20-yanvargacha jamoatchilik muhokamasi natijalari va kelib tushgan takliflar tahlili asosida Davlat dasturining takomiliga yetkazilgan loyihasi tasdiqlash uchun kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют