» » Osiyo Chempionati U23. O‘zbekiston termasi guruhni 100 foizlik natija bilan yakunlagan Yaponiyaga raqib bo‘ldi

Osiyo Chempionati U23. O‘zbekiston termasi guruhni 100 foizlik natija bilan yakunlagan Yaponiyaga raqib bo‘ldi


Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Chempionatining chorak finalida Yaponiyaga qarshi kurash olib boradi.

Kunchiqar yurt futbolchilari so‘nggi turda prinsipial raqib hisoblangan KXDR ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi va guruhni 100 foizlik natija bilan peshqadam sifatida yakunladi. Bunga qadar yaponiyalik futbolchilar ketma-ket ikki turni 1:0 hisobidagi g‘alabalar bilan tugatgandi.

Guruhda ikkinchi bo‘lish falastinliklarga nasib qildi. Ular so‘nggi turda Tailand darvozasiga 5 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi. Yarim final yo‘lida Falastin termasi o‘z guruhini 100 foizlik natija bilan tugatgan Qatarga raqib bo‘ladi.

Osiyo Chempionati U23

“B” guruhi. 3-tur

16-yanvar, seshanba

Gollar: Takaxiro Yanagi, 33 (1:0). Koji Miyoshi, 43 (2:0). Kim Yu Song, 52 (2:1). Reo Xatate, 74-pen (3:1).

Gollar: Muhammad Fa’nun, 15 (0:1). Oday Dabah, 26 (0:2). Muhammad Yusuf, 31 (0:3). Muhammad Darvesh, 33 (0:4). Chenrop Sampaodi, 44 (1:4). Shihab Qinbar, 88 (1:5).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют