» » The Cranberries guruhi solisti Dolores O’Riordan vafot etdi

The Cranberries guruhi solisti Dolores O’Riordan vafot etdi


Irlandiyaning The Cranberries rok-guruhi solisti Dolores O’Riordan 15-yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda, Irlandiyaning RTE telekanaliga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda. Meduza’ning yodga solishicha, O’Riordan 46 yoshda edi.

Xonandaning o‘limini uning agenti Lindsi Xolms ham tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, O’Riordan “kutilmaganda” Londonda vafot etgan — u bu shaharga ovoz yozdirish uchun kelgan edi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, uning jasadi Park-Leyn ko‘chasidagi mehmonxonalarning biridan topilgan. Xonandaning o‘limi sabab hozircha ma’lum qilinmayapti.

The Cranberries guruhi 1989-yili tashkil etilgan, oradan bir yil o‘tib Dolores O’Riordan jamoa yuzi va vokalistiga aylangan. U 2003-yilga qadar The Cranberries bilan birga kuylagan, so‘ng yakkaxon faoliyatini boshlagan. Oradan olti yil o‘tib, guruh yana qayta tiklangan.

O’Riordanning salomatligi bilan bog‘liq muammolar (xonandaning belida og‘riq paydo bo‘lgan) sabab, The Cranberries guruhi 2017-yili jahon bo‘ylab turnesini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. O‘tgan yilning mayida esa xonanda unga bipolyar parokandalik (kayfiyatning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq ruhiy xastalik) tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.

The Cranberries — Irlandiyaning eng mashhur rok-guruhlaridan biri; u 1990-yillarning o‘rtalarida mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan. Guruh o‘z faoliyati davomida albomlarini 40 milliondan ziyod nusxada sotishga muvaffaq bo‘lgan. The Cranberries’ning eng mashhur qo‘shiqlari — Linger va Zombie.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют