» » 2017-yilgi O‘zbekiston: Eng ko‘p nikohlar — Surxondaryoda! Eng ko‘p tug‘ilish — Surxondaryoda! Eng ko‘p ajrashishlar ham...

2017-yilgi O‘zbekiston: Eng ko‘p nikohlar — Surxondaryoda! Eng ko‘p tug‘ilish — Surxondaryoda! Eng ko‘p ajrashishlar ham...


O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, 2017-yilda FHDYo organlarida 306 mingta nikoh qayd qilindi.

Surxondaryo viloyatida 2016-yilga nisbatan 26,6 foiz ko‘p nikoh ro‘yxatdan o‘tkazildi. O‘sish sur’atlari bo‘yicha keyingi o‘rinlar Jizzax va Namangan (15,9%), Samarqand (12,3%) hamda Qashqadaryo (11,2%) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

2017-yilda 31,9 mingta nikohdan ajralish holatlari qayd qilindi. Bir yil avvalgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda eng yuqori o‘sish Surxondaryoda qayd etildi — 28,6 foiz. Shuningdek, Jizzax va Sirdaryo (22,2%) Samarqand (21,2%), Namangan (19% ) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (18,2%) ham ajrimlar soni oshgan.

2017-yilda 715,5 ming bola tug‘ilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 22,1 promilleni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 0,7 promillega kamaydi. Tug‘ilish koeffitsiyenti Surxondaryoda 2016-yilga nisbatan 25,7 promilledan 25,9 promillega o‘sdi. Qolgan hududlarda esa tug‘ilish sezilarli ravishda kamaygani qayd qilingan — Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21,9 promilledan 20,7 promillega, Farg‘onada 22,2 promilledan 21,0 promillega, Toshkentda 20,3 promilledan 19,2 promillega, Xorazmda 22,2 promilledan 21,0 promillega, Buxoroda 20,9 promilledan 20,0 promillega va Jizzaxda 24,5 promilledan 23,6 promillega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют