» » Venesuela rasmiylari isyonchi zobit Oskar Peres boshchiligidagi guruh tor-mor etilganini ma’lum qildi

Venesuela rasmiylari isyonchi zobit Oskar Peres boshchiligidagi guruh tor-mor etilganini ma’lum qildi


Venesuela rasmiylari isyonchi zobit Oskar Peres boshchiligidagi guruh maxsus operatsiya chog‘ida tor-mor etilganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mamlakat IIV bayonotiga ko‘ra, isyonchilar politsiyaga qarata o‘t ochgan, 2 nafar xodimni o‘ldirib, 5 nafarini og‘ir yaralagan.

Javob harakatlari natijasida guruhning 5 a’zosi qo‘lga olindi, qolganlar voqea joyida o‘ldirildi. Peresning taqdiri haqida hozircha ma’lum qilinmadi.

2017-yil iyunida Venesuela maxsus xizmatlarining Oskar Peres boshchiligidagi bir guruh xodimi prezident Maduro tuzumiga qarshi kurash e’lon qilgandi. Ular politsiya vertolyotini olib qochib, IIV, Oliy sud binolariga granta uloqtirgan va o‘qqa tutgan, so‘ng yashiringandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют