» » O‘zbekiston uchun elchilik qiladigan Tangem, Surxondaryoning 2017-yilgi rekordlari, Toshkentdagi yaroqsiz go‘sht mashmashasi va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbekiston uchun elchilik qiladigan Tangem, Surxondaryoning 2017-yilgi rekordlari, Toshkentdagi yaroqsiz go‘sht mashmashasi va kunning boshqa muhim xabarlari


16-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Tangem O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi turizm elchisi bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov va O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen ma’lum qildi.

2. 2017-yilgi O‘zbekiston: Eng ko‘p nikohlar — Surxondaryoda! Eng ko‘p tug‘ilish — Surxondaryoda! Eng ko‘p ajrashishlar ham... 2017-yilda O‘zbekistonda qizlarga nisbatan o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ildi, ayollarga nisbatan erkaklar ko‘proq vafot etdi.

3. Iste’molga yaroqsiz go‘shtlarni Toshkentdagi savdo rastalariga sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Eski xabarlarning videoli davomi.

4. Asia Alliance Bank va GlobUz bankomatda valyuta ayirboshlashni ishga tushirdi. “Faqat bitta cheklov bor — bankomat bir martada 40 ta banknota, taxminan 240 dollar chiqarib berishi mumkin”.

5. O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariga aylanishi kutilmoqda. Umid Ahmadjonov MOQ rahbariga aylansa, futbolga shaxsan kim mas’ul bo‘lishi masalasi hozircha ochiq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют