» » Matbuot va axborot agentligi “Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari” mavzuida asarlar yaratish uchun ijtimoiy buyurtmalar loyihasini e’lon qildi

Matbuot va axborot agentligi “Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari” mavzuida asarlar yaratish uchun ijtimoiy buyurtmalar loyihasini e’lon qildi


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari” mavzuida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalar loyihasini e’lon qildi.

“O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi yurtimizda tug‘ilib, kamol topgan va islom dini rivojiga, shuningdek, butun bashariyat ma’naviy kamolotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimiz, xususan, hadis ilmining sultoni Imom al -Buxoriy, Imom at- Termiziy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahoviddin Naqshband, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ulug‘ zotlarning o‘lmas ilmiy-ma’rifiy merosi, ibratli hayotini va ularning inson sifatidagi badiiy mukammal obrazlarini haqqoniy gavdalantiruvchi romanlarning yaratilishiga hissa qo‘shish, muqaddas islom dinining asl mohiyatini, uning rivojida bobokalonlarimizning ulkan xizmatlarini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng yoritish, shu bilan birga, adiblarimiz, islomshunos olimlar hamda yosh tadqiqotchilarimizni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ‘Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari’ mavzuida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalar loyihasini e’lon qiladi”, — deyiladi “Daryo”ga taqdim etilgan xabarnomada.

Ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha yaratiladigan ijodiy ishlar uchun quyidagi talablar ko‘zda tutilgan:

– muqaddas islom dinining sofligini ta’minlash, uning rivoji va ma’naviy qadrini yuksaltirishda o‘zlarining o‘chmas nomlarini qoldirgan Imom al-Buxoriy, Imom at- Termiziy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ulug‘ zotlarning o‘lmas ilmiy-ma’rifiy merosi, ibratli hayotini va ularning inson sifatidagi badiiy mukammal obrazlarini yuksak badiiy vositalar bilan aks ettiruvchi romanlar yaratish;

– buyuk allomalarning badiiy timsollarini yaratish bilan birga islom dinining bugungi jahon hamjamiyatidagi o‘rnining muhimligi, insoniyatni tashvishga solayotgan global muammolarni hal etishda islomiy bag‘rikenglik g‘oyalarining ahamiyatini ochib berish.

Buyurtma berilgan kitoblar agentlik tizimidagi nashriyotlar qoshida taniqli adiblar, islomshunoslar, diniy arboblar hamda tarixchi olimlardan iborat nufuzli hay’at tomonidan baholanib, nashriyotlarning ijtimoiy grantlari asosida chop etiladi va mualliflarga belgilangan tartibda qalam haqi beriladi.

Nashriyotlar va mualliflar o‘rtasida tuziladigan shartnomada ijtimoiy grantlar asosida yaratiladigan kitob uchun qalam haqining ma’lum qismini oldindan to‘lash ham ko‘zda tutiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют