» » MOQ rahbari o‘zgardi: Alisher Sultonov o‘rniga Umid Ahmadjonov

MOQ rahbari o‘zgardi: Alisher Sultonov o‘rniga Umid Ahmadjonov


O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari o‘zgardi. Bu haqda MOQning 16-yanvar, seshanba kuni tashkil etilgan navbatdan tashqari hisobot-saylov assambleyasida qatnashgan “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, shu kungacha qo‘mitaga rahbarlik qilib kelgan Alisher Sultonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan MOQ raisligidan ozod etilgan.

Assambleyada qatnashgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning so‘zlariga ko‘ra, MOQqa rais etib saylangan vaqtida Sultonov faqat “O‘zbekneftgaz” rahbari edi, biroq hozirga vaqtda u hukumatdagi eng katta kompleksga mas’ul.

“Eksportning yarmidan ko‘pi Alisher Abbosovich rahbarligidagi sohaga taalluqli. Shunday ekan, MOQni ham uning zimmasiga yuklab qo‘ysak, adolatdan bo‘lmaydi”, — degan O‘zbekiston bosh vaziri.

So‘zga chiqqan Alisher Sultonov 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bergan va assambleya qatnashchilarining gulduros qarsaklari ostida kuzatib qo‘yilgan.

Alisher Sultonov o‘rniga shu vaqtgacha O‘zbekiston Futbol Federatsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan Umid Ahmadjonov bir ovozdan Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylangan.

Bundan tashqari, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi ham o‘zgargan — shu vaqtgacha Oybek Qosimov ishlab kelgan lavozimni Jasur Matchonov egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют