» » 2017-yilda vafot etgan o‘zbekistonliklarning 60 foizining o‘limiga qon aylanish tizimi kasalliklari sabab bo‘lgan

2017-yilda vafot etgan o‘zbekistonliklarning 60 foizining o‘limiga qon aylanish tizimi kasalliklari sabab bo‘lgan


Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil O‘zbekistonda 161,5 ming kishi vafot etgan. Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 5,0 promilleni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 0,1 promillega oshdi.

Hayotdan ko‘z yumganlarning 73,5 mingi ayollar, 88 ming nafari erkaklardir.

O‘lim koeffitsiyenti 2016-yilga nisbatan sezilarli darajada o‘sishi Andijon (5,1 promilledan 5,4 promillega), Jizzax (4,2 promilledan 4,4 promillega), Qashqadaryo (4,1 promilledan 4,3 promillega), Namangan (4,7 promilledan 4,9 promillega), Surxondaryo (4,3 promilledan 4,5 promillega) va Farg‘ona (4,8 promilledan 5,0 promillega) viloyatlarida kuzatildi.

Jami vafot etganlarning 8,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichik yoshdagilarga (2016-yilda 8,0%), 27,6 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilarga (2016-yilda 28,5%), 64,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagilar (2016-yilda 63,5%) hissasiga to‘g‘ri keldi.

2017-yilda vafot etganlar soni 2016-yilga nisbatan 6,7 ming kishiga o‘sib, ularning asosiy qismi, ya’ni 74,6 foizini 60 yosh va undan katta yoshdagi aholi tashkil etgan.

2017-yilda qayd etilgan o‘lim holatlarining 59,9 foiziga qon aylanish tizimi kasalliklari 9,3 foizi o‘simtalardan, 6,5 foiziga baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar, 5,7 foiziga ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari, 4,8 foiziga nafas olish a’zolari kasalliklari, 1,7 foiziga yuqumli va parazitar kasalliklar hamda 12,1 foiziga boshqa kasalliklar sabab bo‘lgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalarning o‘limiga 56,4 foizda perinatal davrda yuzaga keladigan holatlar, 21,1 foizida nafas olish a’zolari kasalliklari, 11,9 foizida tug‘ma anomaliyalar, 3,5 foizida yuqumli va parazitar kasalliklar, 1,9 foizida baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar, 0,5 foizida ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari va 4,7 foizida boshqa kasalliklar sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют