» » E’tirof: Qur’on musobaqasi o‘zbekistonliklar nigohida

E’tirof: Qur’on musobaqasi o‘zbekistonliklar nigohida


O‘zbekistonda boshlangan Qur’oni karim musobaqasi ko‘tarinki ruh, xursandchilik bilan qarshi olindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jizzax viloyatining Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan Qur’on bayramini kuzatib borgan foydalanuvchilar fikrlarini quyidagicha ifoda etdi.

G‘iyosiddin Habibulloh: Alloh rozi bo‘lsin Prezidentdan. Ilohim butun ajdodlarining ruhlarini shod qilsin. Avvalambor o‘zlarini va barcha yaqinlarini Alloh panohida asrasin. Avlodlaridan ham olimu fuzalolar chiqsin.

Ummu Sayfulloh: Bu ulug‘ ishlarning bosh tashabbuskori muhtaram Prezident sog‘-omon bo‘lsinlar! Doimo bunday savob ishlarda boshu qosh bo‘lsinlar!

Abduvalijon Hakim: Alhamdulillah, hali musulmon ummatiga solih va soliha farzandlar yetishtirib beradigan qoriyalarimiz ko‘p ekan.

Amina Mamadaliyeva: Alloh rozi bo‘lsin, xursandligimning chek-chegarasi yo‘q.

Yoqubjon Nizomovich: Koreya davlatidan turib ko‘rib turibmiz, Allohga hamdlar bo‘lsin. Duodamiz, hammalaringga ajr savob, ilmlarimizni ziyoda qilsin.

Muslima Davron: Alhamdulillah, o‘zbek ayol-qizlari ham o‘z ibratlari bilan yurtimiz obro‘sini ko‘taradigan kunlar ham keldi. Allohim davomli qilsin.

Nurillo Saydullayev nomli foydalanuvchi 80 yoshdagi onalari “Yurtboshini umrlari uzoq bo‘lsin, dunyo turguncha tursinlar” deb duo qilayotganliklarini aytib o‘tgan.

Ulug‘bek Oybekovich boshqa davlatdagilar ko‘rsa havas qilgudek Qur’on musobaqasi bo‘layotganini aytib o‘tgan.

Onlayn efirlarga qoldirilgan 6 mingdan ortiq izohda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari musobaqaning dastlabki bosqichi haqida ijobiy fikrlarini aytib o‘tgan. Tashkiliy masalalar bo‘yicha tavsiya va takliflarini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют