» » Toshkentda YHXB xodimlari tomonidan 15-yanvar kuni 3 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Toshkentda YHXB xodimlari tomonidan 15-yanvar kuni 3 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 15-yanvar kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 3109 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 18 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 20 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 50 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 37 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 341 ta odam tashish qoidalarini buzish, 158 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 8 ta bo‘ysunmaslik, 1225 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 97 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют