» » Bektemirda to‘xtatilgan avtomobil salonidan marixuana topildi

Bektemirda to‘xtatilgan avtomobil salonidan marixuana topildi


Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Bektemir” YPX maskanida 1996-yilda tug‘ilgan Javohir Mamarasulov boshqaruvidagi Lacetti avtomobili to‘xtatib, tekshirildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruv davomida avtomashina salonidan og‘irligi 2,74 gramm bo‘lgan marixuana topildi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют