» » Kevin Speysi irqchilikda ayblandi

Kevin Speysi irqchilikda ayblandi


VIP Protective Services qo‘riqlash firmasi rahbari Erl Blyu aktyor Kevin Speysini irqchilikda aybladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Blyuning aytishicha, Kevin Speysi qora tanli qo‘riqchilar guruhi shouning treylerini tomosha qilayotgan vaqtda, aktyor o‘zining xavfsizlik bo‘yicha shaxsiy menejeriga “Bu negrlar mening treylerimni tomosha qilishini xohlamayman”, degan.

Blyu sahnalashtiruvchi menejerlarga o‘zining Speysi borasidagi xavotirini aytganda, ular “U shunday; u baxtli bo‘lib qolishi kerak”, deb javob bergan.

Hodisalar 2012-yilda yuz bergan, biroq Blyu bu haqda endigina ma’lum qildi. Yaqinda Speysiga nisbatan ilgari surilgan jinsiy tegajog‘lik bilan bog‘liq ayblovlar Blyuni mazkur hodisalar haqida gapirishga undagan.

Prodyuserlar firmaning ishidan mamnun bo‘lgan, 1,1 million dollarga tuzilgan shartnoma esa yangilanmagan. Blyu buni Speysining irqchilik pozitsiyasi bilan bog‘lagan va u aktyorni sudga bermoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 00:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют