» » Irkutskda benzin tashuvchini qutqarmoqchi bo‘lgan avtokranga yordamga kelgan traktor muz ostiga tushib ketdi

Irkutskda benzin tashuvchini qutqarmoqchi bo‘lgan avtokranga yordamga kelgan traktor muz ostiga tushib ketdi


Rossiyaning Irkutsk viloyatida suvdan “Ural” avtokranini tortib olmoqchi bo‘lgan 25 tonnali traktor Lena daryosidagi muz ostiga tushib ketdi. Avtokran esa muz ostiga 20 tonna yoqilg‘i bilan tushib ketgan benzin tashuvchi avtomobilni chiqarib olmoqchi bo‘lgan va o‘zi ham suv ostiga tushib ketgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat FVVning muzlamalar bilan bog‘liq tavsiyalariga amal qilmagan va oqibatda shu hodisa yuzaga kelgan. Benzin tashuvchi mashina 11-yanvar kuni kechasi muz ostiga tushib ketgan, haydovchi mashinadan chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan. Yordamga kelgan avtokran ham suv ostiga tushib ketdi va avtomobilning ustida turib qoldi.

15-yanvar kuni kechasi mahalliy fermer xo‘jaligiga tegishli “DT-75” traktori yordamga kelgan va daryoga tushib ketgan, haydovchi traktordan chiqishga ulgurmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют