» » O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi hajmi 26,6 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi hajmi 26,6 mlrd dollarni tashkil etdi


2017-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi yil davomida 1,4 milliard dollarga oshib, 26,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Ilk bor oltin-valyuta zaxirasi haqidagi ma’lumot 2017-yil noyabrida rasman e’lon qilingan, uning hajmi kuz boshidan 750 million dollarga ko‘payib, 26 milliard dollarni tashkil etgani bildirilgandi.

Banklarga naqd pul tushumi ham oshdi. Jumladan, 2017-yilning birinchi yarmida bank kassalari orqali naqd pul aylanmasi bir oyda o‘rtacha 4,8 trillion so‘mni tashkil etib, 900 milliard so‘m miqdordagi naqd pul emissiya qilingan bo‘lsa, yilning ikkinchi yarmida bu ko‘rsatkich qariyb 2 barobarga ortib, 9,4 trillion so‘mga yetdi. Bunda naqd puldagi daromad va xarajatlar o‘rtasidagi muvozanat ta’minlandi.

Bank aktivlari va kredit qo‘yilmalari hajmi 2 barobarga oshib, mos ravishda 166,6 trillion so‘m va 110,6 trillion so‘mni tashkil etdi. 2017-yil yakunlari bo‘yicha tijoriy banklarda jami depozitlar hajmi 58,7 trillion so‘mga yetib, 2016-yil bilan taqqoslanganda 61 foizga ko‘paydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют