» » Qutqaruvchilarning Qamchiq dovonidagi xizmatidan lavhalar (foto)

Qutqaruvchilarning Qamchiq dovonidagi xizmatidan lavhalar (foto)


Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy saytida qutqaruvchilarning Qamchiq dovonidagi xizmatidan lavhalar keltirib o‘tildi. Qutqaruv xronikasi 16-yanvar kuni holatiga qayd etilgan.

13:30. Isuzu rusumli avtotransport vositasi dvigatelining nosozligi tufayli, A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 243 km. da to‘xtab qolgan. “Qamchiq” MQQB qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, nosoz avtotransport vositasini evakuatorga yukladi, hamda u texnik yordam ko‘rsatish maskaniga yetkazildi.

15:20. Epica rusumli avtotransport vositasi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 243 km. da beton to‘siqqa urilib, qisilib qolgan. FVV qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, avtotransport vositasini to‘siq orasidan olib chiqib, uni evakuatorga yuklashda va texnik yordam ko‘rsatish maskaniga yetkazilishida amaliy yordam ko‘rsatdi.

17:03. Damas rusumli avtotransport vositasi dvigatelining nosozligi tufayli, A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 247 km. da to‘xtab qolgan. Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelib, nosoz avtotransport vositasini evakuatorga yuklab, texnik yordam ko‘rsatish maskaniga yetkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют