» » Toshkent avtobuslaridan bezigan yo‘lovchi

Toshkent avtobuslaridan bezigan yo‘lovchi


Quyida bayon qilinadigan kundalik hodisalarga jamoat transporti, aniqroq qilib aytganda, avtobuslardan foydalanadigan har qanday inson duch keladi. Bu haqda Nurillo Nasriyev (O‘zA) fikr yuritgan.

Birinchi holat. Toshkent shahridagi avtobuslarda haydovchilar tezlikni me’yordan oshirib yuboradi. Tabiiyki, katta tezlikda ketayotgan avtobusni to‘xtatish mushkul. To‘satdan oldidan chiqib qolgan avtomobilga borib urilmaslik uchun haydovchi tormozni bosadi. Ushbu holatda yo‘lovchi turli tan jarohati olishi hech gap emas.

O‘zim guvohman. 58-avtobusda ishdan qaytyapman. Avtobusda odam ko‘p. Haydovchisi va chiptachi 22 yoshlardagi yigitlar. Yo‘ldagi avtomobillarni birin-ketin orqada qoldirayotgan avtobus oldida yuk mashinasi borligi uchun keskin tormoz berdi. Shu paytda yoshi 50 dan oshgan ayol boshi bilan avtobus tutqichlariga urildi va yerga yiqilayotganda odamlar tutib qoldi.

Bunday haydovchilarni “o‘pkasini bosolmaydiganlar” deb atasak bo‘ladi.

Ikkinchi holat. Ikkita bir xil yo‘nalishdagi avtobus yo‘lda to‘qnash kelib qolsa, avtobus ichidagi yo‘lovchilar ko‘cha tilida aytganda “bir qop kartoshka” bo‘lib qoladi. Avtobuslar bir-biridan o‘zish uchun poyga o‘ynaydi.

Yoshi kattalar tanbeh berib qolishsa, haydovchilar ularni jerkib tashlaydi. Buning sababi oddiy: bir yo‘nalishdagi avtobus ko‘proq yo‘lovchi yig‘ishi kerak. Odam chiqishi uchun esa keyingi bekatga “hamrohi”dan ko‘ra tezroq borishi kerak. Eng kulgilisi, kunlik rejalari bor ekani, shunga yarasha pul yig‘ishlarini ro‘kach qilishadi.

Uchinchi holat. Tegishli qoidalarga ko‘ra, avtobus bekatda 5 daqiqadan ko‘p to‘xtab turmasligi kerak. Lekin ba’zi hollarda bu 15-20 daqiqagacha cho‘ziladi. Ayniqsa, ertalab ishga kech qolyapsiz, tig‘iz vaqt. Ustaga-ustak, yo‘llar tiqilinch. Bu ham yetmagandek, avtobus bitta bekatda uzoq “hordiq” chiqarmoqda.

Chilonzor metro bekatida 8-avtobusning yurishini 45 daqiqagacha kutgan yo‘lovchi o‘z fikrlarini aytdi. Buning qanchalik to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun o‘zim kuzatdim. Avtobus metrodan chiqadigan odamlarni kutib yarim soatcha to‘xtab turdi. Shunday paytda asab tolalari yorilib ketmasligiga qoyilman.

Bu avtobusga chiqqisi kelmagan yo‘lovchini kun bo‘yi kuting foydasi yo‘q, baribir chiqmaydi. Bunday hodisalarning jabrdiydalari allaqachon buni tushunib yetgan.

Shu o‘rinda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga murojaat: avtobus haydovchilarini ishga qabul qilish masalasiga jiddiyroq e’tibor qaratish vaqti kelmadimi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют