» » Sodiq Safoyev: “Bu yil o‘tgan yildan qiyinroq bo‘ladi”

Sodiq Safoyev: “Bu yil o‘tgan yildan qiyinroq bo‘ladi”


Ko‘p yillar davomida gapirilmay kelgan muammolar 2018-yilda ochiq hal qilinadi, ammo bu jarayon “muayyan muvozanatsizlik”ka olib kelishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bu yil energiya manbalari narxini bozor narxlariga muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda, bu esa boshqa sohalarda narxlarning ko‘tarilishiga olib keladi. “Bu yerda yirik inflyatsiya hamda iqtisodiyotning ma’lum bir segmentlariga va aholiga salbiy ta’siri oldini olish bo‘yicha oqilona siyosat talab etiladi”, — dedi senator.

Iqtisodiyotdagi vaziyat ko‘p jihatdan bundan oldingi bosqichga xos bo‘lgan salbiy holatlarni to‘g‘rilashga bog‘liq bo‘ladi, deya ta’kidladi Safoyev.

“Alohida guruhlar, shaxslar yoki kompaniyalarning ba’zi resurslardan eksklyuziv tarzda foydalanish huquqiga nuqta qo‘yiladi. Bu adolat, pirovardida narxlarga ham ta’sir qilishi kerak. Chunki monopoliya, shu jumladan, mahsulotlarning muayyan turini yetkazib berishdagi monopoliya ham doim narxlarning sun’iy oshirilishiga olib kelgan”, — dedi u.

Monopoliyadan chiqarish AKT xizmatlari sohasiga ham tegishli bo‘ladi. “Bunda gap internetga ulanish tezligini bir necha marotaba oshirish haqida bormoqda, bu ‘Elektron hukumat’ tizimi va davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun juda muhim. Bu sohada haqiqiy monopoliyadan chiqarish bo‘yicha rejalar bor”, — deya qayd etdi senator.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют