» » Yengilmas o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev 19-yanvar kuni Toshkentga qaytishini ma’lum qildi

Yengilmas o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev 19-yanvar kuni Toshkentga qaytishini ma’lum qildi


O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev 19-yanvar kuni vataniga qaytib keladi. Bu haqda bokschining o‘zi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Prof ringdagi so‘nggi jangini Soni Fredriksonga qarshi o‘tkazib, raqibini 3-raunddayoq taslim qilgan Ergashev ayni paytda Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib turibdi. U karyerasidagi ketma-ket 10 ta jangni aynan Rossiyada o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgandi. Shundan keyin AQShning Showtime kompaniyasi Ergashev bilan shartnoma tuzdi va bokschi okean ortigadi ikki jangida ham raqiblarini muddatidan oldin taslim qildi.

Ergashev O‘zbekistonda qancha vaqt davomida bo‘lishi ma’lum emas. U ota uyiga boradi, yaqinlari bilan ko‘rishadi va hujjatli masalalarini hal qilib, navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yana Amerikaga jo‘nab ketadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют