» » Toshkent aeroporti yonidagi taksilar faoliyati tartibga solinadi

Toshkent aeroporti yonidagi taksilar faoliyati tartibga solinadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi press-xollda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qo‘mita raisi Aziz Abduhakimov Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi havo bandargohi yonida taksichilar ishini yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroportdan chiqish joyida to‘planib oladigan va ko‘pchiligi mehmonlar bilan qo‘pol tarzda munosabatda bo‘ladigan taksichilar haqida ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan. “Ushbu masala bo‘yicha biz aeroport rahbariyati bilan kelishib oldik. Tez orada tartib o‘rnatiladi”, — dedi u.

Shuningdek, Aziz Abduhakimov mamlakat aeroportlarida shu paytgacha internetga ulanish, turistik kartalar, SIM-kartalar taqdim etish, O‘zbekistonda rejalashtirilayotgan madaniy tadbirlar va turlar haqida axborot berish kabi xizmatlar va servislar mavjud bo‘lmaganini aytdi.

“Ushbu masalalarni yechish ishlari allaqachon boshlab yuborildi. Aeroportlarga Turizm qo‘mitasining maxsus axborot markazlari o‘rnatilmoqda. Bundan tashqari, mavjud bo‘lmagan servislarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mobil operatorlar va sayyohlik kompaniyalari bilan kelishuvlarga erishildi. Tez orada mamlakatdagi barcha aeroportlarda yagona standart bo‘yicha xizmatlarni tashkil qilamiz”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют