» » Qanday qilib guldastani to‘g‘ri tanlash mumkin?

Qanday qilib guldastani to‘g‘ri tanlash mumkin?


Gullar bizga butun hayotimiz davomida hamrohlik qiladi. Guldasta tanlashda ko‘p yillar ichida amal qilish juda muhim bo‘lgan ma’lum bir yozilmagan qoidalar yuzaga kelgan.

Bizning bir necha foydali maslahatlarimiz sizga gullarni turli vaziyatlar uchun qiynalmasdan tanlashga yordam beradi.

Guldastadagi gullar soni haqida

Sobiq ittifoq mamlakatlarida guldasta toq sonli gullardan tashkil topgan bo‘lishi kerak, juft – faqat qabrga qo‘yiladigan guldastalar uchun degan qoida mahkam o‘rnashib qolgan.

Lekin AQShda va ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida juft son juftlik, sevgi va muvaffaqiyatlar ramzi hisoblanadi.

Foydali maslahat: Eng muvofiq variant turli xil ko‘plab gullardan tashkil topgan yoki o‘z ichiga har xil yirik va mayda gulli to‘pgullarni olgan guldastadir. Bu freziyalar, atirgullar, xrizantema shoxchalari yoki gipsofillar bo‘lishi mumkin.

Guldasta uchun gullarning rangini tanlaymiz

Yevropa mamlakatlari uchun oq rang – tozalik va noziklik timsoli, Sharq xalqlari uchun esa – motam timsoli bo‘lib hisoblanadi. Saliq gullar ba’zilar uchun — ayriliq timsoli bo‘lsa, boshqalar uchun esa – bu quyosh rangi, quvonch va iliqlikni anglatadi.

Foydali maslahat: Turli xil rangli gullar yig‘ilgan yoki asosiy rangi bir xil tusda (oq-pushti, och jigarrang-qizil) bo‘lgan guldastani tanlashingiz mumkin.

Guldasta yasaymiz

Guldasta uchun o‘simliklar turini  tanlab olish juda qiyin masala. Atirgul sevgi ramzi hisoblanadi, qizil chinniguldan rasmiy tadbirlarda yoki motam marosimlarida foydalaniladi. Xrizantemalar esa – betaraf gullar hisoblanadi.

Foydali maslahat: Muammolar va qiyinchiliklardan qochish maqsadida muayyan bir tadbir yoki voqea uchun guldasta tanlashda – asosan anturiumlar, gerberlarga o‘xshash ekzotik gullar sotib oling.

Manba: “Woman.ru”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют