» » Umid Ahmadjonov: Ishonch bildirganlaridan xursandman. Shu bilan birga katta mas’uliyatni his qilib turibman

Umid Ahmadjonov: Ishonch bildirganlaridan xursandman. Shu bilan birga katta mas’uliyatni his qilib turibman


O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov “Daryo” savollariga javob qaytardi va o‘zining bo‘lajak rejalariga oydinlik kiritdi.

O‘FF prezidenti sifatida faoliyat boshlaganimga 1 yil ham to‘lmagandi. Uning faoliyatini tubdan o‘zgartirish ishlari bilan band bo‘lib turganimizda, oldimizga navbatdagi mas’uliyatli vazifa qo‘yildi. Endi nafaqat futbol, balki mamlakat sportni yangi bosqichga olib chiqishimiz kerak bo‘ladi.

Mamlakat rahbariyatining ishonchidan boshim ko‘kka yetdi. Sport sohasini ko‘tarishga jiddiy e’tibor berilayotganini 2017-yilning o‘zida chiqarilgan qarorlar ham ko‘rsatib turibdi. Bundan tushunish mumkinki, sohamizni rivojlantirishni birinchi navbatda prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning o‘zlari istamoqdalar. Nafaqat istak, balki bu yo‘lda nima kerak bo‘lsa, hukumat unga zamin yaratib berishga tayyor ekani har qanday kishiga qo‘shimcha motivatsiya beradi.

Umid Ahmadjonov, MOQ va O‘FF prezidenti

O‘zbekiston delegatsiyasi Rio—2016 Olimpiadasida yaxshi ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgandi.

To‘g‘ri, Rioda sportchilarimiz ancha muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ammo ahamiyat bergan bo‘lsangiz, Shavkat Miromonovich nafaqat boksda, balki sportning qolgan turlarida ham katta o‘sishga erishishimiz kerakligini ta’kidladilar. Ishonamanki, Tokio—2020 Olimpiadasidagi natijamiz avvalgisidan ham yaxshiroq bo‘ladi. Biz bu yo‘lda jiddiy mehnat qilishga tayyormiz.

Umid Ahmadjonov, MOQ va O‘FF prezidenti

Ahmadjonov hozirda O‘FF prezidenti ham hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida sportning ikki yirik bo‘g‘inini qanchalik muvaffaqiyatli boshqarish mumkin?

Aytganimdek, O‘FFni qabul qilganimda 1 yil ham to‘lmagandi. Biroq MOQ butunlay boshqa masala. Bunda sportning birgina emas, barcha turlari mujassam. Tez orada Olimpiada o‘yinlariga litsenziya taqdim etuvchi musobaqalar boshlanadi. Qolaversa, oldimizda Osiyo Olimpiadasi bizni kutib turibdi. Demak, MOQda ish qaynaydi.

Ammo unutmaslik kerakki, bizdan shunchaki ishlash emas, jon berib ishlash, fidoyi bo‘lish talab etiladi. Demak, imkoniyatimizdan maksimum foydalanishga harakat qilishimiz shart. Rejaga ko‘ra, 25-yanvar kuni O‘FFning navbatdan tashqari konferenatsiyasini o‘tkazamiz. Unda tashkilot nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilgan. Shuningdek, rahbariyatda ham o‘zgarish bo‘ladi.

Biroq bu futboldan chetlashishim yoki boshlangan ishlar yakuniga yetishini bildirmaydi. Boshlangan ishlar shu yo‘sinda davom etadi va barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, nafaqat millionlar o‘yinini, balki sportning qolgan turlarini ham ko‘tarishga harakat qilamiz.

Umid Ahmadjonov, MOQ va O‘FF prezidenti

Rejaga ko‘ra, O‘FFning navbatdagi tashqari konferenatsiyasiga Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi mezbonlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют