» » AQSh Qozog‘istonga kosmosni tadqiq etish bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etishni taklif qildi

AQSh Qozog‘istonga kosmosni tadqiq etish bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etishni taklif qildi


AQSh Qozog‘istonga 2018-yilning martida Yaponiyada kosmosni tadqiq etish bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etishni taklif qildi. Bu haqda 17-yanvar, chorshanba kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Qo‘shma Shtatlar Qozog‘iston Xalqaro kosmik stansiyada ishlovchi amerikalik kosmonavtlarning jo‘nash va xavfsiz qaytib kelish punkti ekanligini minnatdorchilik bilan ta’kidladi. AQSh Qozog‘istonga 2019-yilning 3-martida Yaponiyada kosmosni tadqiq etish masalalari bo‘yicha ikkinchi Xalqaro forumda ishtirok etishni taklif qilmoqda”, — deyiladi prezidentning AQShdagi tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar haqidagi byulletenda.

Unda ma’lum qilinishicha, Ostona va Vashington Xalqaro xartiya doirasida kosmik texnologiyalarni atrof-muhit va tabiatga tahdidlarni baholash uchun qo‘llashda hamkorlik ehtimolini o‘rganib chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют