» » Abdulaziz Komilov AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan uchrashdi


2018-yilning 16-yanvar kuni amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralarda ikki tomon munosabatlari holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar, jumladan Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishi hamda zamonaviy xavfsizlikka tahdid bilan kurashishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют