» » Oqsaroyda Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Oqsaroyda Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Islom Karimov tavalludining 80 yilligi hamda Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Qurolli Kuchlar akademiyasi o‘qituvchilari, tinglovchilar, kursantlar, san’atkorlar qatnashdi. Tadbir ishtirokchilari Birinchi Prezident haykali poyiga gullar qo‘ydi, buyuk davlat va siyosat arbobi siymosiga hurmat bajo keltirdi.

Davra suhbati ishtirokchilari Islom Karimov rahnamoligida qisqa muddatda mutlaqo yangi asosda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari shakllantirilgani, mudofaa tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilganini ta’kidladi.

Islom Karimov sa’y-harakatlari bilan O‘zbekistondagi harbiy bilim yurtlari sifat jihatdan takomilga yetkazildi. Ularda respublika sarhadlarini himoya qilish, mustaqillikni mustahkamlash, tinchlikni saqlashga qodir 30 ga yaqin yo‘nalishda harbiy mutaxassislar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Harbiylarga keng imtiyoz va zarur sharoitlar yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari Temir Shirinov tadbir ishtirokchilariga majmua haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlandiki, Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan Islom Karimov faoliyat yuritgan qarorgoh yodgorlik majmuasiga aylandi. Ayni kunda majmuada 120 dan ziyod xodim mehnat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют