» » Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar hokimligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar hokimligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda


Bugun, 17-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Prezidenti raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi “Xabar.uz”.

Selektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish hamda moliyalashtirish bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib asosida investitsiya loyihalarini shakllantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda.

Ma’lumot berilishicha, yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, Islom Karimov tavalludining 80 yilligini munosib nishonlash o‘zbek xalqining millat sifatida yuksak madaniyatga ega ekanini ko‘rsatib berishini ta’kidlagan.

“Biz ushbu tarixiy sanani munosib kutib olishimiz kerak. Agar yana tarixga hurmatsizlik qilinsa, endi xalqimiz zinhor kechirmaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, mazkur sana bilan bog‘liq tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni nazorat qilishni Prezident davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonovga topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют