» » Toshkent aeroporti xavfsizlik choralari va talablariga rioya etish bo‘yicha eng ilg‘or o‘ta muhim obyekt deb topildi

Toshkent aeroporti xavfsizlik choralari va talablariga rioya etish bo‘yicha eng ilg‘or o‘ta muhim obyekt deb topildi


“O‘zbekiston Respublikasi o‘ta muhim obyektlari xavfsizligini ta’minlashni tashkil etilishini nazorat qilish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining tanlov o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq har ikki yilda respublika toifalangan obyektlari o‘rtasida ma’lum bir nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi, deb yozadi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati.

2017-yilning dekabrida o‘tkazilgan navbatdagi tanlov yakuniga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti “Xavfsizlik choralari va talablariga rioya etish bo‘yicha eng ilg‘or o‘ta muhim obyekt” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

O‘ta muhim obyektlar xavfsizligini ta’minlashni tashkil etilishini nazorat qilish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi majlisida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasiga kubok va sertifikat topshirildi.

Ushbu mukofot — poytaxt aeroportining aeroport xavfsizligini ta’minlash uchun javobgar mutaxassislarining uyg‘un mehnatlari samarasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют