» » Farg‘onada Yoshlar ittifoqining kafilligi ostida diniy aqidaparastlik materiallarini tarqatishda ayblangan fuqaro ozodlikka chiqarildi

Farg‘onada Yoshlar ittifoqining kafilligi ostida diniy aqidaparastlik materiallarini tarqatishda ayblangan fuqaro ozodlikka chiqarildi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashi kafilligi ostida bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan Akbar Rahimqulov ozod qilindi, deb xabar berdi O‘zA.

Endigina 27 yoshga to‘lgan Akbar Rahimqulov Qo‘qon shahridan. U internetdan diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni yuklab olib, ularni tarqatish, saqlash jinoyatini sodir etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida Akbar Rahimqulovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida jamoat himoyachisi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Ahadjon Akbarov tomonidan sudlanuvchi Akbar Rahimqulovga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash, kelgusida ushbu fuqaroni kafillikka olish taklifi bildirildi va bu haqda kafolat xati taqdim qilindi.

Sud uning qilmishini o‘zi to‘la anglamagan holda sodir etgani, muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni bekor qildi va sudlanuvchi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют