» » Peruda attraksion xodimlari ispaniyalik sayyoh ayolning jasadini daryoga uloqtirdi

Peruda attraksion xodimlari ispaniyalik sayyoh ayolning jasadini daryoga uloqtirdi


Perudagi Vinikanota daryosidan 2018-yilning 2-yanvar kuni halok bo‘lgan sayyoh ayolning jasadi topildi, deb xabar beradi The Sun.

Ayol jarlik tepasidan arqonga osilib uchayotganida yiqilib tushgan. Attraksion egalari politsiya bilan bo‘ladigan ko‘ngilsizliklardan qochib, jasadni yaqin atrofdagi daryoga uloqtirgan. Biroq politsiya jinoyatchilarni ushlashga muvaffaq bo‘ldi.

Ispaniyalik 28 yoshli Netali Salazar Yangi yil munosabati bilan Peru bo‘ylab sayohatga chiqqan edi. Sayohat yakunida u dunyodagi eng uzun attraksion hisoblanuvchi The Flight of the Condor attraksionidan sakramoqchi bo‘lib, halok bo‘ldi.

Attraksion egasi va xodimi hodisa yuzasidan bir-biriga zid ko‘rsatma bergan. Ulardan biri ayolning boshi bilan yiqilib tushganini, ikkinchisi esa Salazar arqonga osilayotganida unga yana bir erkak hamrohlik qilgani uchun arqon uzilib ketganini ma’lum qilgan.

Biroq marhumaga nisbatan qidiruv e’lon qilinganidan so‘ng attraksion xodimlari jasadni daryoga uloqtirganini tan olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют