» » Islom Karimovning Qashqadaryodagi haykali 24-yanvar kuni ochiladi

Islom Karimovning Qashqadaryodagi haykali 24-yanvar kuni ochiladi


Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar hokimligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali Qashqadaryo viloyatiga o‘rnatilishini aytgan. Qarshi tumani markaziga o‘rnatilayotgan haykalning ochilishi 24-yanvar sanasiga rejalashtirilgan.

“O‘zidan avvalgi rahbarning nomini saqlash, obro‘sini ko‘tarish faqat mard rahbarlarning qo‘lidan keladi. Bu — mening emas, xalqimizning fikri. Hamma ham bunga qodir emas”, — deydi yig‘ilishda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyatining hokimi Zafar Ro‘ziyev.

“Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish kerak. O‘zim yubileydan ikki kun oldin borib uni ko‘raman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют