» » Shifokor bo‘lish uchun salkam 10 yil umrini sarflagan odam 424 ming so‘m oylikka ishlaydimi?

Shifokor bo‘lish uchun salkam 10 yil umrini sarflagan odam 424 ming so‘m oylikka ishlaydimi?


“Daryo”ga Buxorodan xat keldi. Xatga surat ham ilova qilingan. 2017-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 1,5 million so‘mga yetgani haqida xabarlar berilayotgan bir vaqtda e’tiborga molik xat.

Uni juz’iy tahrirlar bilan e’tiboringizga havola qilamiz.

Bu — Buxoro shahar Endokrinologiya shifoxonasidagi banner. Uning yuqorisiga “Biz poraxo‘rlikka qarshimiz!”, deb yozilgan, quyi qismida esa shifoxona ishchilarining maoshlari ko‘rsatilgan.

Shulardan biriga e’tibor qaratish kifoya (chunki qolganlarining ham ahvoli shu): toifasiz vrach oyligi — 424 ming so‘m (bu qancha stavka uchunligi ko‘rsatilmagan).

Endi shu lavozimni egallash uchun bosib o‘tiladigan yo‘lni ko‘rib chiqaylik:

1. Abituriyent kamida bir yil davomida oliygohga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘radi. Taxminiy xarajat — 1000 AQSh dollari yo 8 million so‘m atrofida.

2. O‘qishga o‘z kuchi bilan, to‘lov-kontrakt asosida kirdi, deb olaylik. Yangi tartib bo‘yicha kamida olti yil o‘qishi kerak. Hozirda tibbiy oliygohlarda bir yillik kontrakt puli — 8,5 million so‘m.

3. Albatta klinik ordinatorlikka o‘qishi yo magistr bo‘lishi kerak, aks holda 6 yillik to‘liqsiz oliy ma’lumoti bilan uni faqat qishloq vrachlik punktiga ishga olishadi. Shaharda ishlash uchun tor mutaxassislikka o‘qish shart. 6 yilga qo‘shimcha yana 2 yo 3 yillik o‘qish, bu ham kontrakt, deylik.

Bu ko‘zga ochiq ko‘rinib turgan yirik summalar. Lavozimgacha bo‘lgan salkam bir dekada umr (1 yil abituriyentlik + 6 yil bakalavriat + 2 yil ordinatura) davomida bo‘lajak shifokor yeb-ichishi, kiyinishi, qayerdadir yashashi, kiyinishi ham kerak. So‘ng ishga kiradi. Nima, u 424 ming so‘m oylikka ishlaydimi?

U shifokorlikkacha bo‘lgan xarajatlarini chiqarishi uchun endi nima qilsin? Mabodo u o‘g‘lini ham shifokor etib tarbiyalamoqchi bo‘lsa, kontrakt pulini kimdan olsin? Bu 424 ming so‘mlik maosh shifokorning ishga kelib-ketishi va tushligiga yetsa-da katta gap — ortiqcha orzu-havasni unutsa ham bo‘laveradi.

Bu gaplarni yozishdan maqsad — kimnidir yomonlash, tanqid qilish, birovning jazolanishiga erishish emas. Aksincha, Prezident Shavkat Mirziyoyev “noreal raqamlar”ni yo‘qotish tashabbusi bilan chiqqani uchun yozyapman. Bu — tibbiyotimizning barcha bo‘g‘inlarida kuzatish mumkin bo‘lgan holat. Bu masalaning yechimi — shifokorlar maoshini oshirish; qachonki maosh yetarli bo‘lsa, shifokorda ham ta’magirlikka, poraxo‘rlikka zarurat qolmaydi.

“Daryo”ning buxorolik mushtariyi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют