» » 25 yoshli Usmonbekning Hindistonda operatsiya qilinishi uchun mablag‘ yig‘ilmoqda

25 yoshli Usmonbekning Hindistonda operatsiya qilinishi uchun mablag‘ yig‘ilmoqda


Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi Dilbar Yusupovaning 25 yoshli yolg‘iz o‘g‘li Usmon 2002-yildan beri betob. Yigit 2002-yildan 2009-yilgacha burun-xalqum sohasining xavfli kasalligidan aziyat chekkan. 2010-yilda pastki jag‘ suyagining yemirilishi va o‘ng tomon yuz mushaklarining qotib qolishi vujudga keldi. Shu sababli 2010-yildan 2016-yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasining yuz-jag‘ jarrohlik bo‘limida davolandi. Lekin ijobiy natija bo‘lmadi.

“Hozirgi kunda Usmonning og‘zi yaxshi ochilmaydi, ovqat yeyishga va gapirishga juda qiynaladi. Hech qayerda ishlamaydi, hech kimga qo‘shilmaydi. Davolatish maqsadida Hindistonning Medanta klinikasiga barcha hujjatlarni yubordim. Davolanishga taklif qilishdi. Davolanish narxi 15000—25000 dollar atofida ekan. 2017-yil oktabr oyida operatsiyaning birinchi bosqichi o‘tkazildi. Qarindosh va tanishlarimdan qarz oldim. Endi mart oyida o‘tkaziladigan operatsiyaning ikkinchi bosqichiga mablag‘ topolmayapman. Hech kim yordam berishni istamayapti. Sizlardan, iltimos, o‘g‘limning davolanishiga yordam bersangiz. Bu yaxshiligingizni umrbod unutmayman”, — deydi Usmonning onasi Dilbar opa.

Barcha sahovatpesha insonlardan Usmonbekka imkon qadar yordam qo‘lini cho‘zishlarini so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

(Click, Payme) Asaka bank Maestro (Uzcard) 6766 6200 0162-6742

Usmonbekning onasi Dilbar Yusupova: +998909738274



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют