» » Islom Karimovning sinfdoshi: Tengqurlarim orasida eng epchili bo‘lsam-da, Islom mendan chaqqonroq edi

Islom Karimovning sinfdoshi: Tengqurlarim orasida eng epchili bo‘lsam-da, Islom mendan chaqqonroq edi


Islom Karimov fondi O‘zbekistonning Birinchi Prezidentiga oid xotira va rasmlarni e’lon qilib borishda davom etmoqda. Islom Karimov xotirasiga oid navbatdagi hikoyani uning sinfdoshi Ibod G‘ofurov bayon qiladi, deb xabar berdi “Telegraf.uz”.

Islom Karimov nafaqat aqlli, zakovatli, ayni chog‘da, epchil va abjir ham edi. Mening sport bilan shug‘ullanishim, oliy o‘quv yurtida jismoniy tarbiya yo‘nalishida tahsil olishimda ham uning xizmati katta bo‘lgan desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.

1952-yil may oyi oxirlarida ro‘y bergan bir voqea hech yodimdan chiqmaydi. Hovuz bo‘yidagi o‘rik daraxtining eng yuqori shoxida g‘arq pishgan bir donagina meva qolgan edi. Bir necha marta tosh otib uni tushira olmadim. O‘shanda Islom bunday dedi: “Daraxtga tosh otish yaxshi ish emas. Kel, undan ko‘ra o‘sha o‘rikni olish uchun daraxtga chiqaylik. Kim birinchi bo‘lib chiqsa, meva o‘shanga nasib etadi”. Azim bir daraxt edi... Men bir tomondan, Islom ikkinchi tomondan o‘rikka tirmashib chiqa boshladik. O‘sha kunga qadar o‘zimni tengqurlar orasida eng epchil deb bilar edim, lekin Islom mendan chaqqonroq ekan, ko‘z ochib yumgunimcha daraxt uchidagi shoxga yetib bordi. Bu hayotiy saboq xotiramga muhrlandi...

1955-yil may oyida maktabni tamomladik. O‘sha kezlarda Islom bilan sport inson salomatligini mustahkamlashi, sport tufayli odam ham o‘zini, ham yurtini dunyoga tanitishi mumkinligi xususida ko‘p bora suhbatlashganmiz. Bularning bari jismoniy tarbiya hayotimning ajralmas qismiga aylanishi omili bo‘ldi. Oliy o‘quv yurtini tamomlab, 10- va 21-maktablarda jismoniy tarbiyadan dars berdim. Mashg‘ulotlarda hamisha o‘quvchilarga davlatimiz rahbarining sportga muhabbatini ibrat va namuna sifatida ko‘rsatganman. Hozir ham u kishining ibratli fazilatlari xususida gapirib charchamayman, bundan esa qalbim faxr-u iftixorga to‘ladi.

Ibod G‘ofurov, Islom Karimovning sinfdoshi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют