» » Toshkent shahar hokimligi Seul meriyasi boshqaruv tizimi tajribasini o‘rganmoqda

Toshkent shahar hokimligi Seul meriyasi boshqaruv tizimi tajribasini o‘rganmoqda


Toshkent shahri hokimligida boshqaruv tizimining zamonaviy usullarini tatbiq qilish maqsadida Seul shahri meriyasi tajribasi o‘rganilmoqda. Bu “Raqamli ofis”, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va o‘rganish, shuningdek, davlat xizmatlarini taqdim etish sohasida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ko‘zda tutadi, deb yozadi O‘zA.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Mahmud Asomovning ma’lum qilishicha, Seul meriyasi delegatsiyasi hokimlikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish borasidagi islohotlar, poytaxt tumanlarida mavjud 44 sektor faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishga tushirilgan innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishishi ko‘zda tutilgan.

“Hozirgi kunda aholi murojaatlarining qariyb 80 foizi elektron tarzda kelib tushmoqda. Shu bois ular ijrosini nazorat qilish, o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish uchun alohida tizim zarur”, —deydi Mahmud Asomov.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha koreyalik mutaxassislar sohani takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini ishlab chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют