» » AQShlik taniqli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi o‘zbek yoshlariga bepul mahorat darslari o‘tmoqda

AQShlik taniqli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi o‘zbek yoshlariga bepul mahorat darslari o‘tmoqda


Yoshlar ittifoqi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yil davomida AQSh, Gollandiya, Italiya, Germaniyadan ekspertlarning mahorat darslarini tashkil etadi. Bu haqda ittifoq raisi Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati(GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi hamkorligida zamonaviy mevali bog‘lar yaratish bo‘yicha dunyoning eng mashhur ekspertlaridan biri AQShlik Timoti Mitchal o‘zbek yoshlariga mahorat darslarini o‘tmoqda.

“O‘zbekistonda bog‘dorchilikka qiziqqan fermer va tomorqa egalariga bog‘ uchun joy tanlash va yangi bog‘larni tashkil etish, tuproq unumdorligini oshirish va o‘g‘itlardan unumli foydalanish, bog‘ yuzasiga to‘g‘ri ishlov berish, changlanish va uning foydasi, mevalarni toqalash, daraxtlarni ortiqcha yuklanishining oldini olish, meva terish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar bermoqda”, — deyiladi xabarda.

Mahorat darslarida Timoti Mitchalga qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassis Umid Sayfutdinov hamrohlik qilmoqda. Ilk mashg‘ulotlar Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob tumanidagi fermer va bog‘bonlar uchun tashkil etildi.

Timoti Mitchal va mahalliy ekspert Umid Sayfutdinovlar ishtirokidagi mahorat darslari 31-yanvarga qadar Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют